Jahon | 18:13 / 16.05.2016
5977
2 daqiqa o‘qiladi

Italiyalik siyosatchi Londonning yangi merini "shahid" deb atadi

Italiyalik siyosatchi va komik Beppe Grillo "Londonning meriga aylangan musulmon Sodiq Xonning o‘zini Vestministrda portlatishini sabrsizlik bilan kutayotgani" haqida ma'lum qildi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi.

"Besh yulduz" nomli siyosiy harakat yetakchisi bo‘lgan Grillo bu gaplarini Paduyadagi televizion shou vaqtida aytgan.

Grillo o‘z raqiblarining tanqidiga uchragan. Muxoliflar u o‘zi aralashib qolgan korruptsion mojarodan diqqatni boshqa masalaga qaratish orqali chiqib ketishga urinayotgani haqida aytishgan.

Eslatib o‘tamiz, 4 may kuni kelib chiqishi pokistonlik bo‘lgan Sodiq Xon Londonning yangi meri etib saylandi. U AQSh prezidentligi uchun saylovda asosiy nomzodlardan biri bo‘lmish Donald Trampning prezidentlikka saylansa, musulmonlarni AQShga kiritmasligi haqidagi bayonoti tufayli o‘z dini tufayli bu mamlakatga rejalashtirgan safarlarini amalga oshira olmasligidan xavotir bildirgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish