McAfee asoschisi WhatsApp messenjeri himoyasini buzib shifrlangan xabarini qo‘lga kiritgani haqida aytdi
McAfee antivirus kompaniyasi asoschisi Jon Makafining qayd etishicha, Android operatsion tizimi zaifliklari natijasida WhatsApp messenjerini buzib kirish mumkin. Bu haqda Engadget nashri xabar tarqatdi.
Makafining aytishicha, Android operatsion tizimidagi zaifliklar natijasida uning jamoasi messenjerning shifrlangan xabarini qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan. Tasdiq sifatida u jurnalistga messenjer o‘rnatilganidan keyin undagi shifrlangan yozuvlar tasvirini taqdim etgan. Shuningdek, u barcha zarur ma'lumotlarni kiber xavfsizlik bo‘yicha tadqiqot o‘tkazuvchi Cybersecurity Ventures kompaniyasiga yuborgan.
LIFARS kompaniyasi Makafining gaplarini inkor etgan. Ularning fikricha Makafi shunchaki klaviatura orqali shifrlarni tergan, shuningdek u ayg‘oqchi softdan foydalangan.