Microsoft oddiy rusumli Nokia telefonlar ishlab chiqarish biznesini sotmoqchi
“Microsoft” korporatsiyasi “Nokia” markali uyali aloqa telefonlarini ishlab chiqarish bo‘yicha biznesini sotish to‘g‘risida jiddiy o‘ylanmoqda. Bunda smartfonlar emas, balki oddiy telefonlar nazarda tutilgan. Bu haqda Mobile Device xabar qildi.
Ushbu rejalar haqida hali rasman ma'lum qilinmadi, biroq ko‘rinib turibdiki, softver giganti yaxshigina daromadli savdosiga qaramasdan ushbu korxonadan manfaatdor emas.
“Foxconn” xitoy kompaniyasi fin telefonlari ishlab chiqarish biznesini sotib olishga qiziqish bildirgan. Nokia uyali aloqa telefonlari Lumia smartfonlaridan bir necha barobar yaxshiroq sotilishiga qaramay, biznes sotib yuborilgach, kompaniyaning taxminan 50 foiz xodimi o‘z ishidan ayriladi, qolganlari esa boshqa bo‘limlarga yo‘naltiriladi.
Bundan jiddiy qadamlar “Microsoft”ning mobil biznesni qayta tuzish bo‘yicha global rejasida ko‘zda tutilgan. Avvalroq, savdosi o‘ta pastligi tufayli Lumia smartfonlari ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi haqida ma'lum qilingandi.