Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ronaldino faoliyatini Turkiyada davom ettirishga yaqin turibdi
Braziliya terma jamoasi va «Barselona» jamoasi sobiq yarimhimoyachisi Ronaldino faoliyatini boshqa bir taniqli hujumchi, sobiq jamoadoshi Samyuel Eto’O to‘p suradigan «Antaliyaspor»da davom ettirishga yaqin turibdi.
Sky Sport Italia jurnalisti Janluki Di Martsio bergan xabarga ko‘ra, Ronaldino yaqin haftalar ichida turk klubi bilan shartnoma imzolaydi.
36 yoshli braziliyalik futbolchining so‘nggi klubi Braziliyaning «Fluminense» bo‘lgandi. Futbolchi jamoani o‘tgan yilning sentabrida tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq futbolchining AQSh chempionati MLS yoki Xitoy chempionati vakillaridan birida to‘p surishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.