21:17 / 16.05.2016
5949

Samsung syorfing uchun innovatsion doska yaratdi  

Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi syorfing uchun doskaga elektron komponentlar va simsiz aloqa funksiyalarini joriy qildi, deb xabar bermoqda TheVerge nashri.

Galaxy Surfboard deb nom olgan bu doska LED-displey va Samsung Galaxy S7 smartfoni uchun slotga ega, bular foydalanuvchi doskada dengizda uchayotganda unga tashqi dunyo bilan bog‘lanish uchun xizmat qiladi. 

Ekranda sohilda turgan murabbiyning ko‘rsatmalari hamda tanishlarning xabarlari namoyish qilinishi mumkin. Bundan tashqari, displeyga ayni vaqtdagi atrof-muhit sharoitlari, jumladan, shamol yo‘nalishi, to‘lqinlarning davriyligi va balandligi haqida foydali ma'lumotlar berib turiladi.

Top