Iqtisodiyot | 17:29 / 16.05.2016
8737
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi 4 so‘m 85 tiyinga qimmatlashdi 

O‘zbekiston Markaziy banki 2016 yil 17 maydan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatlarini belgiladi. 

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 4 so‘m 85 tiyinga qimmatlashib, qiymati 2914 so‘m 10 tiyin etib belgilandi. 1 yevro qiymati esa 3344 so‘m 95 tiyin (11 maydagi kursga nisbatan 3 so‘m 19 tiyin qimmatlashgan), 1 Rossiya rubli esa 44 so‘m 88 tiyin (93 tiyinga qimmatlashgan) etib belgilangan. 

Eslatib o‘tamiz, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.