Sport | 16:49 / 16.05.2016
5372
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik yengil atletikachi Nadiya Dusanova Olimpiada o‘yinlariga yo‘llanma oldi
Xitoyning Shanxay shahrida o‘tkazilgan “Brilliant liga”ning ikkinchi bosqichida munosib ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi Nadiya Do‘sanova XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda «O‘zA» xabar bermoqda.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasidan ma'lum qilishlaricha, balandlikka sakrash bahslarida N.Do‘sanova 1,94 metr natija qayd etib, kumush medalga sazovor bo‘ldi va Olimpiada yo‘llanmasi uchun belgilangan me'yorni bajardi.
Ayni paytda, Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘ladigan XXXI yozgi Olimpiya va XV Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan o‘zbekistonlik sportchilar soni sakson nafarga yetdi.