Bill Klinton prezidentlik saylovlaridan keyin AQSh iqtisodida muhim o‘ringa ega shaxsga aylanishi mumkin
Agar Hillari Klinton davlat rahbari bo‘lib saylansa, uning iqtisodiy siyosat yuritishda turmush o‘rtog‘i muhim rol o‘ynaydi. Bu haqda sobiq prezident Bill Klintonning sobiq iqtisodiy maslahatchilari o‘rtasida RIA Novosti tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomadan ma'lum bo‘lgan.
Yaqinda Kentukki shtatida Hillari Klinton prezidentlik saylovida g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, turmush o‘rtog‘iga Amerika iqtisodiyotini yangilash ishlarini topshirishini bildirgan edi. Lekin u eri aynan qanday vazifani bajarishi va biror mansabga ega bo‘lishi to‘g‘risida aniqlik kiritmagan.
“U (Bill Klinton) muhim rol o‘ynaydi va menimcha bu mamlakat foydasiga xizmat qiladi”, - dedi Oq uy iqtisodiy maslahatchilar kengashi sobiq a'zosi, hozirda Harvard universiteti professori Jyefri Frankel.