Boku va Yerevan Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha bitimni mustahkamlashga kelishib oldi
Vena shahrida Ozarbayjon va Armaniston prezidentlari ishtirokidagi uchrashuv yakunida tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi hududida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha avvalroq tuzilgan bitimni mustahkamlashga kelishilgan. Bu haqda Armaniston prezidentining matbuot xizmatiga asoslangan holda RIA Novosti agentligi xabar tarqatgan.
"YeHXTning Minsk guruhi ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar vakillari 1994-1995 yillardagi mojarolardan keyingi sulhni mustahkamlash bo‘yicha kelishuvni tasdiqlashdi", deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, uchrashuvda ikki davlat rahbari Qorabog‘ hududidagi og‘ir vaziyatdan chiqish yo‘llarini muhokama qilishgan.
Muzokaralarda YeHXTning Minsk guruhi vakillari bo‘lgan Igor Popov (Rossiya), Jyeyms Uorlik (AQSh) va Per Andriye (Fransiya) ham ishtirok etgan.