Jahon | 00:11 / 17.05.2016
4464
2 daqiqa o‘qiladi

Xalqaro koinot stansiyasi Yer atrofida 100 minginchi aylanishni amalga oshirdi

16 may Xalqaro koinot stansiyasi Yer atrofida 100 minginchi aylanishni amalga oshirdi. Bu haqda UNIAN xabar bermoqda

Rossiyaning parvozlarni boshqarish markazi ma'lumotlariga ko‘ra, stansiyaning Yer atrofida yubiley sondagi aylanishi Toshkent vaqti bilan 05:35 dan 07:10 gacha davom etdi.  

"XKS bunday uzoq mavjudligi bilan insoniyatda orbitada doimiy bo‘lish uchun zarur texnologiyalar, bizda koinot sarhadlarini egallash uchun salohiyat borligini isbotladi", deb aytdi markaz boshlig‘i Maksim Matyushin.

Ta'kidlash joizki, hozirgi vaqtda stansiya 15 ta moduldan iborat bo‘lib, u Yer orbitasida inson tomonidan yig‘ilgan eng yirik muhandislik konstruksiyasi hisoblanadi.

XKSning og‘irligi 400 tonnani tashkil qiladi, uning yerga tushadigan proyeksiyasidagi o‘lchami futbol maydonini qoplay oladi. 2000 yildan stansiyada doimiy ravishda fazogirlar uzluksiz ish olib boradi. Unda bir vaqtning o‘zida 6 ga yaqin kishi ishlaydi.