Iqtisodiyot | 19:08 / 17.05.2016
4266
1 daqiqa o‘qiladi
Iroq Xalqaro valyuta jamg‘armasidan 13 milliard dollar kredit oldi
Iroq Xalqaro valyuta jamg‘armasidan (XVJ) kredit oldi. Bu haqda Iroq davlat televideniyesi ma'lum qildi.
“XVJ Iroqqa 13 milliard dollar miqdorida kredit taqdim etdi”, - deyiladi TV xabarida.
Ma'lum bo‘lishicha, mablag‘ 1,5 yillik foiz ustama bilan Bag‘dodga yo‘naltirilgan. Iroq Markaziy bank raisi Ali al Aalyakning aytishicha, jamg‘arma krediti mamlakatning davlat byudjyeti yetishmovchiligini qoplashga yo‘naltiriladi.
Iroq davlat byudjyeti yetishmovchiligi rekord summa – 25 trillion Iroq dinoriga yetgan. Bunga asosiy sabab – neftning jahon bozoridagi beqarorligi va mamlakat eksporti hamda davlat xazinasining asosiy tushumi bo‘lgan shu qora oltin narxining pasayishidir.