19:25 / 17.05.2016
4339

Qozog‘iston prezidentining yangi matbuot kotibi tayinlandi

Aydos Ukibay Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati rahbari etib tayinlandi.

"Davlat rahbari farmoniga binoan Aydos Ukibay Idirsuli Qozog‘iston prezidentining yangi matbuot kotibi etib tayinlandi", deyilgan prezident matbuot xizmati xabarida.

Shuningdek, xabarda Tursunov Adilb Kapanuli prezident ma'muriyatining tashqi siyosat bo‘yicha markazi rahbariga aylangani keltirilgan.

Bundan oldinroq, Nursulton Nazarboyevning avvalgi matbuot kotibi Dauren Abayev Axborot va kommunikatsiyalar vaziri etib tayinlangandi.

Aydos Ukibay shu vaqtgacha "Xabar" agentligi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan.

Adil Tursunov esa turli yillarda Qozog‘istonning Gruziyadagi ishonchli vakili, Qozog‘iston TIVning MDH bo‘yicha departamenti direktori vazifalarida ishlagan.

Top