Jahon | 19:12 / 17.05.2016
5504
2 daqiqa o‘qiladi

RF prezidenti Vladimir Putin Yaponiyaga tashrif buyuradi

Rossiya davlat rahbari Vladimir Putin 2016 yil oxirigacha rasmiy tashrif bilan Yaponiyaga safar qilishi mumkin, deb xabar qilgan Rossiya davlat rahbari yordamchisi Yuriy Ushakov.

«Tashrif, nazdimizda, bu safar yapon tomoni bilan kelishib olish imkoni bo‘ladigan muddatda bo‘lib o‘tadi. Bu yil oxirigacha amalga oshishi mumkin», — deya Putin yordamchisi so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS agentligi.

Agentlikning ma'lum qilishicha, Rossiya yetakchisi bir necha yil avval taklif etilgan, ammo Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarga qo‘shilgani sabab, safar ortga surib kelinayotgan edi. 

Ushakovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya prezidentining yapon bosh vaziri Sindzo Abe bilan shu yilning 6 mayida Sochida o‘tkazgan uchrashuvida hamkorlikni rivojlantirish fikrlari bildirilgan. 

«Yapon delegatsiyasi bu borada yaxshi tayyorgarlik ko‘rib kelgani ma'lum bo‘ldi, ular o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga oid uzoq muddatli va keng qamrovli, qiziq takliflarni bildirishdi», — deb yodga olgan Ushakov.

Ayni vaqtda, Yaponiya bilan tinchlik sulhi imzolanishi mavzusiga to‘xtalgan Ushakovning qayd etishicha, muzokaralar tashqi ishlar vazirlari darajasida, taxminan har ikki oyda bir marta olib borilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish