11:20 / 17.05.2016
4389

Rim papasi Yaqin Sharq mamlakatlariga demokratiyani eksport qilgani uchun G‘arbni tanqid ostiga oldi

Rim papasi Frantsisk g‘arb mamlakatlarini boshqa madaniyatga ega davlatlarga demokratiyani majburlab o‘tkazish harakatlarini tanqid qildi. Bu haqida u La Croix gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tgan. 

"Terrorizm oldida biz g‘arbning demokratiya modeli Iroq va Liviya kabi kuchli hukumatga ega davlatlarga eksport qilingani haqida o‘ylab ko‘rishimiz kerak. Madaniy tafovutlarni hisobga olmay turib taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi", - dedi Rim papasi Frantsisk.

U Yevropadagi muhojirlik muammosi tufayli mazkur mavzuga murojaat qildi. Pontifik G‘arbni inqirozning kelib chiqish sabablari to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi. U shuningdek muhojirlarni qabul qilish ularning integratsiyasi bilan birga olib borilishi kerakligiga ishonch bildirdi. 

"Eng yomoni, ularning gettoga joylashishi. Bryussel terrorchilari belgiyalik bo‘lishgan, gettolik muhojirlarning farzandlari", - deya ta'kidladi Frantsisk.

Top