Jahon | 15:29 / 17.05.2016
4243
1 daqiqa o‘qiladi

Sarkozi: Brexit va Turkiyaning YeI a'zosi bo‘lishi katta xatodir

Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozi Le Monde gazetasiga bergan intervyusida, Buyuk Britaniyaning YeI tarkibidan chiqishi va Turkiyaning tashkilotga a'zo bo‘lishi Ittifoq hamjamiyati rivoji uchun kutilmagan eng salbiy hodisadir, deya bayonot bergan.

«Men Birlashgan Qirollikning YeIdan chiqishiga umuman qarshiman. Eng yomoni, — bu Brexit (Britain exit-Britaniya chiqishi) va Turkiyaning tashkilotga a'zo bo‘lishi: bu katta xato bo‘lar edi!» – degan siyosatchi.

Bundan tashqari, sobiq prezident YeI va Turkiya o‘rtasidagi migratsiya kelishuvini ham tanqid qilgan. Uning fikricha, Yevropa «tobora avtoritar tuzumga qarab borayotgan turk hukumatiga ishonch bildira olmaydi».

Sarkozining bayonot berishicha, Turkiyaning Ittifoqqa qo‘shilishi sog‘lom aqlga mos kelmaydi, aksincha, Rossiya ko‘proq Yevropa muhitiga to‘g‘ri keladi.