Tanzaniya hukumati 10 mingdan ortiq mavjud bo‘lmagan, biroq maosh olib yurgan xodimlarni davlat tashkilotlari xizmatchilari ro‘yxatidan o‘chirib tashladi. Bu haqda Bi-Bi-Si xabar qildi.
Davlat bosh vaziri vakilining aytishicha, bu asli yo‘q “xodimlar” mamlakat byudjyetiga har oy 2 million dollar ziyon keltirgan.
Davlat tashkilotlari maosh hisobotlari auditi hamon yakunlanmagan, hukumat vakillari hali yana mavjud bo‘lmagan ishchilarni aniqlash mumkin deb hisoblamoqda.