19:44 / 17.05.2016
3518

«Valensiya» «Barselona» a'zosi Xalilovichni qo‘lga kiritishga yaqin turibdi

«Valensiya» jamoasi transfer bo‘yicha huquqlari ayni vaqtda «Barselona» jamoasiga tegishli bo‘lgan xorvatiyalik yarim himoyachi Alen Xalilovichning transferini rasmiylashtirishga yaqin turibdi. Bu haqda goal.com xabar qilgan.

Manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, futbolchi ijaraga olinmaydi. «Valensiya» Xalilovichni sotib olmoqchi, biroq «Barselona» yarim himoyachini qayta sotib olish huquqini o‘zida saqlab qoladi.

Xabarda keltirilishicha, «ko‘rshapalaklar» jamoasi futbolchi uchun 7 million yevro to‘lashga tayyor. Ayni vaqtda, agar «Barselona» qayta sotib oladigan bo‘lsa, «Valensiya» Xalilovich uchun 20 million olishni xohlamoqda.

Biroq kataloniyaliklar klubi futbolchini 12 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas, qayta sotib oladigan bo‘lsa ham, 15 million yevrodan ko‘p pul to‘lamaydi. Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.

Top