Iqtisodiyot | 12:24 / 17.05.2016
5552
1 daqiqa o‘qiladi
WTI narxi 2015 yilning 4 noyabridan buyon ilk marta 48 dollardan oshdi
WTI markali neft 2015 yilning 4 noyabridan beri birinchi marta bir barrel uchun 48 dollardan yuqoriga ko‘tarildi.
Hozirga qadar Brent markali Shimoliy dengiz neftiga iyul fyucherslarining bahosi bir barrel uchun 49,24 dollarga ko‘tarilib, 0,38 foizga o‘sdi.
WTI markali neftga iyun fyucherslari bir barrel uchun 48,28 dollarga ko‘tarildi.