Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya bosh vaziri Ustyurt gaz-kimyo majmuasi ochilishida qatnashish uchun O‘zbekistonga keladi
Janubiy Koreya bosh vaziri Xvan Gyo An 19 may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
«Tashrif dasturidan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv o‘rin olgan», — deyiladi vazirlik axborotida.
Shuningdek, hukumatlararo muzokaralar o‘tkazish, ikki tomonlama hamkorlikda amalga oshirilgan yirik loyiha – Surg‘il koni negizida barpo etilgan Ustyurt gaz-kimyo majmuasi qurilishining yakunlanishi hamda Toshkent shahrida Koreya madaniyati va san'ati uyining qurilishi bo‘yicha ishlarning boshlanishiga bag‘ishlangan marosimlarda ishtirok etish ham rejalashtirilmoqda.