Jamiyat | 19:36 / 17.05.2016
5076
1 daqiqa o‘qiladi

Bojxonani chegarani mashinada kesib o‘tish haqida onlayn xabardor qilish mumkin

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Davlat bojxona qo‘mitasining yangi «Jismoniy shaxslar tomonidan davlat chegarasini avtotransport vositalarida kesib o‘tilishi to‘g‘risida Davlat bojxona xizmati organlariga oldindan ma'lumot taqdim etish» xizmati ishga tushirildi. Bu haqda O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabar berdi.

Yangi xizmat jismoniy shaxslar tomonidan davlat chegarasini avtotransport vositalarida kesib o‘tilishi to‘g‘risida Davlat bojxona xizmati organlariga oldindan ma'lumot taqdim etish va identifikatsiya kodini qo‘lga kiritish uchun mo‘ljallangan.

Xizmat faqat jismoniy shaxslarga bepul tarzda ko‘rsatiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish