Jamiyat | 14:05 / 18.05.2016
5329
2 daqiqa o‘qiladi

72 yoshli nafaqaxo‘r o‘zi va do‘stini timsoh changalidan saqlab qoldi

Avstraliyada yashab istiqomat qilayotgan chol uch soat vaqt davomida o‘zini timsohdan himoya qilgan.

72 yoshli chol shu tariqa himoyalanish barobarida ag‘darilgan qayiqdan yiqilgan do‘stining tanasini yirtqich hamlasidan qutqarishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar bermoqda. 

Ushbu hodisa Darvin hududining shimoliy-g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan. 

Daryoda suzib kelayotgan keksa do‘stlarning qayig‘ini ularga duch kelgan timsoh ag‘darib yuboradi. Keksa chollardan biri suvda  cho‘kib,  shu zahotiyoq hayotdan ko‘z yumadi. 

Qirg‘oqqacha bir amallab suzib borgan chol butalar orasida yashirinib yotgan sudralib yuruvchilarga qoqilib ketadi. 

Chol yirtqich hayvonlarni qo‘rqitish uchun gayka kaliti, yoqilgan sham va boshqa asboblar bilan o‘zini himoya qiladi. 

Nafaqaxo‘rning qichqirig‘ini eshitib qolgan qutqaruvchilar yordamga shoshib, chol va uning do‘sti murdasini qayiqqa o‘tqazib olishadi.  

Yirtqichlar changalidan shu tariqa omon qolgan, qattiq qo‘rqib ketgan chol yaqin o‘rtadagi shifoxonalarning birida yotqizilgan.