Jahon | 10:52 / 18.05.2016
4905
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh MXAning 10mingdan ortiq xodimi Iroq va Afg‘onistonda josuslik qilgan

AQShning, asosan, radioelektron ayg‘oqchilik bilan shug‘ullanuvchi Milliy xavfsizlik agentligi, minglab xodimlarini, asosan, Iroq va Afg‘oniston kabi "qaynoq nuqtalar"ga xizmat safari bilan yuborgan, deb ma'lum qilgan agentlik direktori o‘rinbosari Rik Lejyett Fox News telekanaliga bergan ntervyusida.

"2001 yili agentlikning 5000 xodimini Iroqqa va 8000 nafarini Afg‘onistonga jo‘natganmiz. Jahonning boshqa ziddiyatli hududlariga esa, jami 18 ming xizmatchi safarbar etilgan", — deb aniqlik kiritgan Lejyett. MXA AQShning yirik maxsus xizmatlaridan biri hisoblanadi, uning xodimlari soni va byudjyeti sir tutiladi. 

Agentlik direktor o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, xodimlarning "qaynoq nuqtalar"ga jo‘natilishiga mahalliy jangarilarni tang ahvolda qoldirish istagi sabab bo‘lgan. Ular tutilgan ma'lumotlarni qayta ishlashda "yirik hajmli axborotlar" texnologiyasidan foydalangan. 

Misol uchun, ma'lum bir joyda telefon qo‘ng‘irog‘ini tinglagan xodim, qo‘ng‘iroq amalga oshirilgan va qabul qilingan hududlarni xaritada belgilagan. 

"Bunday ma'lumotlar va jangari harakatlari birlashtirilib tahlilchiga taqdim etilgan. U esa, o‘z navbatida, radio orqali harbiylar karvoniga bog‘langan va ularni pistirma kutayotgani ehtimol bo‘lgan joydan ogoh etgan", — deb izoh bergan Rik Lejyett. 

Rik Lejyett, ma'lumotlarni qayta ishlashning bunday usuli xatolar tufayli tinch aholi vakillari orasida qurbonlarga olib kelmadimi, degan savolga aksincha, dastur sabab tinch aholi orasida qurbonlar soni kamayishiga erishilgan, deya javob qaytargan.