Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh senati 11 sentabrdagi teraktlar bo‘yicha Saudiya Arabistoniga da'vo qilish haqidagi qonunni ma'qulladi
AQSh senati 2001 yilning 11 sentabridagi teraktlardan jabrlanganlarga Saudiya Arabistoni hukumatiga qarshi go‘yoki uning bu teraktlarga aloqadorligi sababli da'vo arizasi berish huquqini beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
"Terrorchilik homiylariga qarshi adolat" deb nomlangan qonun senatorlar tomonidan ma'qullangandan keyin kongress vakillar palatasida ko‘rib chiqiladi.
Qonunning kuchga kirishi uchun unga AQSh prezidenti Barak Obamaning imzo qo‘yishi kerak bo‘ladi.
Oq uyda prezident qonunni imzolamasligi, chunki uni qabul qilish "o‘ziga xos xavf darajasini" yaratishi ko‘plab marotaba aytib kelingan. Chunki bu holat boshqa davlatlarga AQShga qarshi da'vo arizasi berish imkoniyatini beradi. AQSh 116,8 mlrd dollar qarz bo‘lgan Saudiya Arabistonida bu qonunning tayyorlanishidan norozilik bildirildi. Xususan, Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr agar bu qonun qabul qilinsa, mamlakatning AQShdagi 750 mlrd dollarlik aktivlari sotib yuborilishi mumkinligini aytgandi.
Avvalroq AQShdagi Eronga tegishli muzlatilgan hisob raqamlaridagi pullar 11 sentabrdagi teraktlar qurbonlariga tovon pulini to‘lashga yo‘naltirilishi ma'lum qilingandi.