Sport | 17:32 / 18.05.2016
5224
1 daqiqa o‘qiladi

Budapeshtda o‘tgan kikboksing bo‘yicha jahon kubogida o‘zbekistonlik sportchilar qator medallarga ega bo‘ldi

Vengriyaning Budapesht shahrida kikboksing bo‘yicha o‘tkazilgan jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari bitta oltin va to‘rtta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

Musobaqada 60 davlat vakillari bahslashdi. O‘zbekistonlik sportchi Doston Ilyashev 60 kilogrammgacha bo‘lgan kikboksingchilar o‘rtasida lou-kik yo‘nalishi bo‘yicha oltin medalni qo‘lga kiritdi. U kik-layt yo‘nalishi bo‘yicha o‘tgan bahslarda bronza medal bilan taqdirlandi.

Jahon kubogida Otabek Rahimov, Dovudbek Botirov, Sardor Sobirov o‘z vazn toifalarida bronza medalni qo‘lga kiritdi.