Jamiyat | 20:58 / 18.05.2016
5263
1 daqiqa o‘qiladi

Eng qadimiy ko‘p hujayrali organizmlar qoldiqlari aniqlandi

Xitoylik tadqiqotchilar dunyodagi eng qadimiy ko‘p hujayrali organizmlarni aniqlashdi. Ularning yoshi 1,56 mlrd yilga teng deb baholangan. Tadqiqot Nature Communications jurnalida chop etildi. 

Toshga aylangan qoldiqlar Xitoyning Xebey viloyatida uglerod bilan boy bo‘lgan fitoleymlarda aniqlangan. Olimlarning ta'kidlashicha, tog‘li hududlardan birida mezoproterozoy davriga mansub cho‘kindi jins – argillit aniqlangan. Jinsdan olingan organik fragmentlar yaxshi saqlanib qolgan ko‘p hujayrali strukturalarni saqlaydi. Eng katta fragmentning uzunligi 30 sm ni, eni 8 sm ni tashkil qilgan. Olimlarning aytishicha, ko‘p hujayrali hayotning uncha turfa bo‘lmagani mezoproterozoy dengizlarida kuzatilgan. "Keyingi tadqiqot qadimgi dengiz ekotizimlariga oydinlik qiritadi", deb ta'kidlamoqdalar tadqiqot mualliflari.

Olimlarning ta'kidlashicha, ularning kashfiyotigacha ko‘p hujayrali hayotning qoldiqlari 600 mln yoshga teng deb baholagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish