21:38 / 18.05.2016
21467

Xitoyda "haqiqiy" Tom va Jyerri aniqlandi

Xitoyning Chendu shahrida yangi "haqiqiy" Tom va Jyerri aniqlandi. Ular ishtirokidagi video People's Daily nashrining tvitterida chop etildi.

Tom va Jyerri AQShda ishlangan qisqa metrajli multfilmlar qahramonlari bo‘lib, multfilm syujyeti bo‘yicha mushuk Tom sichqoncha Jyerrini besamar quvlab yuradi.

Biroq Xitoydagi mushuk va sichqon rollari almashdi, unda qo‘rqib ketgan mushuk sichqonchadan qochadi. Daily Mail’ning ta'kidlashicha, mushuk ijtimoiy tarmoqlar "antiyulduzi"ga aylandi va foydalanuvchilar uni "mushuklar olamining isnodi" deb nomlashmoqda. Gazetaning aytishicha, ikkinchi qahramon siqchon emas, kalamush bo‘lgan. 

Mushuk egasi uning qo‘rqoq ekanligini aytgan. Uning aytishicha, mushuk noma'lum odamlar mehmonga kelganda, dahshatga tushadi. Mushuk egasining taxmin qilishicha, mushuk kalamushdan u bilan avval ko‘rishmagani sababli qo‘rqib ketgan.

Top