Jahon | 08:55 / 18.05.2016
8299
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston prezidenti 24-27 may kunlari Xitoyga tashrif uyushtiradi

Hindiston prezidenti Pranab Mukerji 24-27 may kunlarida XXR raisi Si Tszinpinning taklifiga binoat Xitoyda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Lu Kan ma'lum qildi.

Hindiston bosh vazirining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Ajdit Doval XXR bosh vaziri Li Ketsyan bilan Pekinda kechgan uchrashuvida oldindagi tashrif "ikki davlat munosabatlaridagi ba'zi jihatlarga oydinlik kiritishi" aytilgandi.

Bu Hindiston prezidenti Mukerjining Xitoyga ilk tashrifi hisoblanadi. Shu yilning 4-5 sentabr kunlari Xanchjou shahrida G20 uchrashuvi doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Xitoyga boradi, 15-16 oktabr kunlari esa Hindistonning Goa shahrida BRIKS sammiti o‘tkaziladi va unda XXR raisi Si Tszinpin ishtirok etadi.

Bundan tashqari, 21 iyun kunida Toshkent shahridagi ShHT sammitida Hindiston va Pokistonning tashkilotga qabul qilinishi jarayoni tasdiqlanishi kutilmoqda. ShHT a'zolari ayni vaqtda Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Rossiya, Xitoy va O‘zbekiston hisoblanadi. Afg‘oniston, Belarus, Eron, Mo‘g‘uliston, Hindiston va Pokiston esa kuzatuvchi davlatlar maqomida.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish