Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kann festivalidagi mehmonlar chaykalardan qirg‘iylar yordamida himoyalanadi
Kann festivaliga tashrif buyuruvchilar to‘xtaydigan, shahardagi Grand Hyatt Cannes Hotel Martinez mehmonxonasi xodimlari mehmonlardan chaykalarni (baliqchi qush) quvish uchun maxsus o‘rgatilgan qirg‘iylardan foydalanmoqchilar. Bu haqda Local nashri xabar bermoqda.
Mehmonxona shu tariqa odamlardan qo‘rqmaydigan va stollardan yeguliklarni o‘g‘rilaydigan chaykalarga qarshi kurashmoqchi. Xodimlarning aytishicha, "beandisha" qushlar hattoki vaqti-vaqti bilan steyklarni (qovurilgan go‘sht bo‘lagi) ham olib qochadi.
"Bir kilogramm keladigan chayka stolga o‘tirib, mashhur insonlarning ko‘ylaklariga bokallarni ag‘darib yuborganda barchasi chippakka chiqadi", deb vaziyatga izoh berdi qushlar bo‘yicha mutaxassis Kristof Pyuzen.
Uning aytishicha, gorizontda qirg‘iylar paydo bo‘lganda chaykalar o‘zlarining azaliy dushmanlaridan uzoqroq yurishadi. Maxsus o‘rgatilgan qushlar esa odamlarga xavf solmaydi.