Jamiyat | 11:02 / 18.05.2016
20807
1 daqiqa o‘qiladi

Kartoshkaning xavfli mahsulot ekanligini isbotlashdi

Kartoshkani haddan ortiq (masalan, bo‘tqa yoki qovurilgan holda) iste'mol qiluvchilar yuqori qon bosimi bilan og‘ruvchi bemorlar bo‘lishi mumkin. 

Bu boradagi AQSh va Avstraliya shikoforlarining birgalikda o‘tkazgan tadqiqoti  The BMJ jurnalida chop etilgan. 

Haftasiga to‘rt yoki undan ko‘proq porsiyada qaynatilgan va qovurilgan kartoshka iste'mol qiluvchi xo‘randa oyiga bir porsiya kartoshka istemol qiluvchi xo‘randaga nisbatan tezroq gipertoniya kasalligiga chalinarkan. Shuningdek, qondagi qand miqdorining oshishi xavfini keltirib chiqarishi ham olimlar tomonidan isbotlangan. 

Yuqoridagi kabi salbiy tomonlari inobatga olinmasa, kartoshka tarkibida  kraxmal, kaliy kabi inson uchun foydali moddalar bor.