Jahon | 09:42 / 18.05.2016
2369
1 daqiqa o‘qiladi

Kentukkidagi praymerizda Sanders Klintondan o‘zib ketdi

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, Kentukki shtatidagi Demokratik partiyaning ilk saylovlarda vermontlik senator Berni Sanders Hillari Klintondan o‘zib ketdi. Bu haqida  CNN ma'lum qildi.

20 foiz ovoz hisob-kitobiga binoan, Sanders - 47,8, Klinton esa 44,7 foiz ovoz to‘plagan. Yakuniy natijalar boshqacha bo‘lishi mumkin.

O‘tgan haftada Sanders Nebraska va G‘arbiy Virjiniyadagi praymerizda g‘alaba qozongan edi, bu unga prezidentlikka nomzodlar poygasida yetakchilar qatorida qolish imkonini beradi.

Respublikachilar partiyasidan yagona nomzod - Donald Tramp qolgan.