Sport | 22:07 / 18.05.2016
4867
1 daqiqa o‘qiladi
«Rostov» futbolchilari topshirgan doping sinovi salbiy natija berdi
FIFA 12 may kuni «Rostov»ning 11 nafar futbolchisida Rossiya chempionatining 28-turi doirasida «Dinamo»ga qarshi o‘yindan keyin o‘tkazilgan doping nazorati salbiy natijalarni ko‘rsatgani, ya'ni futbolchilar qonida taqiqlangan moddalar aniqlanmagani haqida ma'lum qildi.
Bu ma'lumot «Rostov» jamoasi rahbariyati tomonidan ham tasdiqlangan.
Ma'lum qilinishicha, barcha futbolchilarning qon tahlillari «toza» chiqqan.
FIFA bu futbolchilarni jamoa a'zolarining meldoniy qabul qilishi haqida tarqalgan mish-mishlardan keyin tekshirishga qaror qilgandi. Meldoniy moddasi 2016 yilning 1 yanvar kunidan boshlab taqiqlangan.