Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sony egasining qiziqishlarini o‘rganuvchi "aqlli" fotokamera ishlab chiqadi
Yaponiyaning Sony Corp. korporatsiyasi sun'iy aqlga ega yangi avlod mahsulotlari ishlab chiqarishga qaror qildi. Xususan, fikr yurituvchi va mustaqil o‘rgatuvchi fotokamera egasini jahon miqyosi darajasidagi fotosuratchiga aylantiradi.
Kompaniyaning bosh qarorgohida ma'lum qilishlaricha, u ana shu maqsadlarni amalga oshirish uchun Amerikaning venchur firmasi Cogitai’ning 20 foizini xarid qilmoqda.
Ushbu kompaniya e'tiborini elektron texnikalarning yangi avlodini ishlab chiqishga qaratadi. Taxmin qilinishicha, yangi mahsulotning ilk namunasi yaqin 3 yilda paydo bo‘ladi.
Bunda kuch va bilim egasining odat va qiziqishlarini o‘rganuvchi fotokamera ishlab chiqishga sarflanadi. U fotosuratchiga anchagina mukammal va original badiiy suratlar olish bo‘yicha takliflar bildiradi.
Sony bundan avval ham sun'iy aql o‘rnatilgan tizimlar bilan faol shug‘ullangan. Misol uchun, bir paytlar ancha mashhur bo‘lgan robot it-AIBO’ni ham mazkur yapon kompaniyasi ishlab chiqqan edi.
2006 yilda mablag‘larni tejash maqsadida robot ishlab chiqarish sohasini tark etgan, ammo sun'iy aql sohasidagi izlanishlarni davom ettirgandi.
Endilikda korporatsiya to‘plagan bilim va tajribalari asosida aniq bir mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.