Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Tetris" o‘yini haqida film suratga olinadi
O‘z vaqtida mashhur bo‘lgan "Tetris" o‘yini haqidagi "Tetris The Movie" filmini suratga olish ishlari 2017 yilda boshlanadi. Bu haqda film hamprodyuseri Lourens Kasanoff ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Deadline.
Filmning suratga olinishida xitoylik milliarder Bruno Vu ishtirok etmoqda. Film uchta qismdan iborat trilogiyaning birinchisi bo‘ladi va Threshold Global Studios studiyasining ilk loyihasi bo‘ladi. Unda xitoylik va amerikalik aktyorlar suratga tushadilar. Film byudjyeti 80 mln dollarni tashkil qiladi.
"Tetris"ni ekranlashtirish haqida ilk bor 2014 yilda ma'lum bo‘lgandi. O‘shanda Kasanoff geometrik shakllarni terish haqidagi o‘yinning o‘zini emas, balki ilmiy-fantastik trillerni suratga olishni rejalashtirayotganini aytgandi.
"Tetris" o‘yini Sobiq ittifoqda 1984 yilda "Elektronika-60" kompyuterida dasturchi Aleksey Pajitnov tomonidan yaratilgandi.