Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tokioning 2020 yilda Olimpiada o‘yinlari o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritgani tekshiriladi
Milliy olimpiya qo‘mitasi (MOQ) betaraf huquqshunoslardan iborat guruh tuzishga qaror qildi. Ular Tokioda 2020 yilda o‘tkazilishini rejalashtirilgan Olipiada o‘yinlarini Yaponiya tomoni qay tarzda qo‘lga kiritganini tekshirishadi. Bu haqda Yaponiya olimpiya qo‘mitasi rahbari Tsunekadzu Takeda ma'lum qilgan.
Avvalroq Fransiya hukumati “Tokio-2020” Olimpiadasi uchun Singapur kompaniyalaridan biriga o‘tkazilgan 1,8 million AQSh dollari borasida surishtiruv boshlab yuborgani ma'lum bo‘lgan edi. Pullar Xalqaro yengil atletika assotsiatsiyalari federatsiyasi sobiq rahbari va MOQ sobiq a'zosi Lamin Diak nomiga o‘tkazilganni aniqlangan.
“Biz mustaqil advokat va huquqshunoslardan iborat guruh tuzishga harakat qildikki, ular Tokioda qonuniy harakat olib borishadi”, - dedi Takeda.