Jahon | 06:23 / 18.05.2016
5542
1 daqiqa o‘qiladi
Tramp prezident bo‘lsa, Shimoliy Koreya yetakchisi bilan suhbatlashishga tayyorligini bildirdi
AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Tramp prezident saylovlarida g‘alaba qilsa, Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan suhbatlashishga tayyorligini bildirdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Milliarder intervyusida bu unga muammo bo‘lmasligini ta'kidlab o‘tdi. Shu bilan birga Tramp Xitoyga bosim o‘tkazishini, chunki Vashington Pxenyanga ko‘mak ko‘rsatadigan Pekinga katta iqtisodiy ta'sirga egaligini aytdi.
Bundan tashqari, Tramp "Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukraina sharqidagi harakatlarini ma'qullamasligini" aytib o‘tdi.