Jamiyat | 10:35 / 18.05.2016
4102
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik olim Xalqaro Turk akademiyasining oltin medali bilan taqdirlanadi

O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, tarix fanlari doktori, professor Ahmadali Asqarov TWESCO - Xalqaro Turk akademiyasining maxsus oltin medali bilan taqdirlanadi. Bu haqda TWESCO matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Xalqaro Turk akademiyasi shu yilning 23-24 may kunlari Ostona shahrida «Buyuk dasht» ijtimoiy fanlar Forumini o‘tkazadi.

Ilk bora tashkil etiladigan mazkur forumda dunyoning 20 dan ziyod mamlakatidan davlat va jamoat vakillari, xalqaro tashkilotlar rahbarlari, diplomatlar hamda ekspert-olimlar ishtirok etadi.

Forum doirasida turkshunoslikka, xalqlar o‘rtasidagi hamkorlikni, madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun o‘zbekistonlik olim Ahmadali Asqarov, taniqli shoir O‘ljas Sulaymonov hamda rossiyalik atoqli turkshunoslar Akademiyaning maxsus oltin medali bilan taqdirlanadilar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish