Vetnamda bo‘lib o‘tgan namoyishlar vaqtida ijtimoiy tarmoqqa ulanish cheklangan
Facebook tarmog‘ining Vetnamdagi foydalanuvchilari, baliqlarning katta miqdorda halok bo‘lishi munosabati bilan o‘tkazilgan norozilik namoyishlarida, Facebook va Instagram’dagi sahifalariga kirishda qiyinchiliklarga duch kelgan, deb yozmoqda Mashable.
Ijtimoiy tarmoqlarga kirishning cheklanishi, namoyishchilar harakatlarini muvofiqlashtirishda to‘sqinlik qilishi kerak edi. Biroq namoyishlar baribir tashkil etilgan. Bunda ko‘plab foydalanuvchilar, to‘siqlarni turli usullarda aylanib o‘tishga urinishgan.
Hola VPN-servisining ma'lum qilishicha, mitinglar vaqtida, Facebook’ka kirish uchun uning xizmatidan 200 mingga yaqin vetnamlik foydalangan.
Biroq, ma'lumotlarga ko‘ra, Twitter uzluksiz ishlagan. Shu sababli, namoyishlarga bag‘ishlangan ekologik mavzudagi xeshteglar ko‘paygan.
Namoyishchilar, Formosa Plastics kompaniyasini millionlab baliqlarning o‘limida ayblab, jinoyatga mas'ullarni javobgarlikka tortishni talab qilishgan. Norozilik namoyishlari o‘tgan haftada Vetnamning ikki yirik shahri — Xanoy va Xoshiminda bo‘lib o‘tgan.