Fan-texnika | 15:22 / 18.05.2016
6470
1 daqiqa o‘qiladi
YouTube'da iPhone orqali baliq tutish usuli ko‘rsatildi
Avstraliyaning How Ridiculous videoblogerlari iPhone'da baliq tutish ko‘rsatib berilgan rolikni suratga olishdi. Videotasma 17 may kuni YouTube kanalida namoyish etilgan.
Rolikni suratga olishda qarmoqqa biriktirilgan eski smartfondan foydalanildi. Video muallifi Brett Stenford o‘z devaysiga yirik baliqni ilintirib, uni lasos deb atadi. So‘ngra baliqni qo‘yib yuborishdi.
Stenfordning Mashable'ga hikoya qilishicha, iPhone orqali baliq tutish videotasmada ko‘ringanidek oson bo‘lmagan. U taxminan 15 daqiqa baliq ovladi, rolikda esa butun jarayonning muvaffaqiyatli yakun topgani ko‘rsatilgan.