Jahon | 11:16 / 19.05.2016
10371
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘onistonda halokatga uchragan An-12 samolyotini o‘zbekistonlik uchuvchi boshqargan

Afg‘onistonning G‘ilmon viloyatida Ozarbayjonning Silk Way aviakompaniyasi tomonidan ijaraga olingan An-12 rusumli yuk samolyoti falokatga uchragan. Ozarbayjon fuqarolik aviatsiyasi ma'muriyatiga asoslanib Trend agentligining xabar berishicha, bu samolyot mamlakat ichkarisida yuk tashish bilan shug‘ullangan.

Toshkent vaqti bilan 18 may kuni soat 19:30da Dvayver aeroportidan havoga ko‘tarilgan samolyoti halokatga uchragani haqida ma'lumot berildi.

Ma'lum bo‘lishicha, bu samolyot ekipaji xorijiy mutaxassislardan iborat bo‘lgan, uning tarkibiga O‘zbekiston fuqarosi (kapitan), 3 nafar ukrainalik va 5 nafar ozarbayjonlik kirgan.

Ozarbayjon fuqarolik aviatsiyasi ma'muriyati bu hodisani tekshirish bo‘yicha maxsus komissiya tuzgan. Ayni vaqtda Afg‘oniston hukumati bilan bu borada hamkorlik qilinishi bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish