Jahon | 17:02 / 19.05.2016
3011
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh parlamentining quyi palatasi 610,5 mlrd dollarlik mudofaa byudjyetini ma'qulladi

AQSh Kongressi vakillar palatasi 610,5 mlrd dollar miqdoridagi mamlakat mudofaa byudjyetini tasdiqladi, deb xabar qilmoqda Bloomberg.

Qayd etilishicha, mablag‘lar yangi avlod qiruvchi samolyotlari, vertolyotlar xarid qilish, harbiylarga xizmat ko‘rsatish va ularga maosh to‘lash maqsadlariga yo‘naltiriladi. 

Hujjatda, shuningdek, Ukrainaga 150 mln dollar harbiy yordam ko‘rsatish haqida so‘z borgan. Iroqlik harbiylarni tayyorlash va jihozlash dasturiga 680 mln dollar ajratiladi. Shu bilan birga, Amerika qurolli kuchlarining Afg‘onistondagi 9,8 ming askarini ta'minlashga ham sarf etiladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish