Texnologiya | 23:54 / 19.05.2016
5051
1 daqiqa o‘qiladi

Apple  iOS uchun xavfsizlik qo‘llanmalarini yanada murakkablashtirdi

Apple kompaniyasi iOS uchun xavfsizlik qo‘llanmalarini o‘zgartirdi va endi Touch IDli qurilma egalari parollarni tez-tez kiritishlariga to‘g‘ri keladi, deb xabar beradi MacRumors.

Yangi qoidalarga muvofiq, iPhone va iPad daktiloskopik skanerlari olti kun davomida blokirovkadan olinmagan qurilmalardan barmoq izi o‘rniga parol so‘raydi va agarda blokirovkadan chiqarish uchun Touch ID so‘nggi 8 soat davomida foydalanilmagan bo‘lsa ham parol kiritish talab etiladi.

Ekspertlarning fikricha, xavfsizlik qoidalarining murakkablashtirilishi yaqinda sudda sodir bo‘lgan muzokaralar tufayli kiritilgan. Muzokaralar jarayonida sud so‘roq qilinayotgan shahsdan Touch ID yordamida smartfonni blokdan chiqarishni so‘rashgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish