Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Barselona» Nike bilan rekord darajadagi shartnoma imzolaydi
Yaqin vaqtlar ichida kataloniyaliklar jamoasi amerikaliklarning sport liboslari ishlab chiqaruvchi kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi.
Mirror nashrining xabar qilishicha, Nike «Barselona» bilan yiliga 100 million yevro to‘lashni ko‘zda tutuvchi homiylik shartnomasi imzolashi kutilmoqda. Bu shartnoma imzolansa, shu turdagi eng qimmatbaho shartnomaga aylanadi.
Tomonlarning amaldagi shartnomasi 2018 yilga qadar mo‘ljallangan. Yangi shartnoma esa 10 yil muddatga tuziladi.
Ayni vaqtda homiylik shartnomasidan eng ko‘p miqdorda mablag‘ ishlaydigan jamoa «Manchester Yunayted» hisoblanadi. Adidas bu jamoa bilan shartnomaga ko‘ra, 96 million yevro to‘laydi.