Dominikan Respublikasida chivinlar orqali yuqqan bezgaklar tufayli 30 kishi nobud bo‘ldi
Dominikan Respublikasida 2016 yilda chivinlar orqali yuqadigan xastaliklar - Giyyona-Barre sindromi tufayli 6 nafar, denge virusi oqibatida esa 24 nafar kishi vafot etgan. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiologik byulletenida ma'lum qildi, deb xabar qildi TASS.
Yanvar oyidan buyon respublikada denge virusiga chalingan 4 ming 174 nafar kishi qayd qilingan.
Bundan tashqari, hujjatga ko‘ra, so‘nggi hafta davomida mamlakatda Zika bezgagi bilan bog‘liq 137ta holat ro‘yxatga olingan. Endi yil boshidan buyon ushbu infeksiyaga chalingan bemorlar soni 2 ming 443 nafarga yetdi. Ulardan 243 nafari homilador ayollar.
14 apreldan boshlab Zika bezgagi to‘g‘risida mikrotsefaliya va boshqa asoratlari bilan birga sanitar tashkilotlarga xabar qilish majburiy etib belgilangan. Aedes aegypti chivini orqali yuqadigan Zika virusi yuqori harorat, kon'yuktivit, muskullarda og‘riq, bosh og‘riqlari, umumiy holsizlik chaqiradi, homilador ayollarda esa bolaning normal rivojlanishiga ta'sir etishi mumkin.