Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
EgyptAir halokatga uchragan samolyot qoldiqlari topilganini tasdiqladi
EgyptAir O‘rta Yer dengizi hududidan halokatga uchragan samolyot qoldiqlari topilganini tasdiqladi. Bu haqda EgyptAir aviakompaniyasi vitse-prezidenti Ahmad Odilga asoslanib, CNN xabar tarqatgan.
"Biz samolyot qoldiqlarini topdik", degan u.
Bundan oldinroq, Misr vakili halokat tafsilotlarini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan xalqaro komissiyaga rahbarlik qilishi ma'lum bo‘lgandi.
Laynerning qoldiqlari Gretsiyaning Karpatos oroli janubidan topildi.
Gretsiyaning qutqaruv-qidiruv xizmatlari layner radarlardan g‘oyib bo‘lgan hududdan 50 milya narida, suv yuzasida samolyotga tegishli deb taxmin qilinayotgani ikkita bo‘lak topib olgan.
Parijdan Qohiraga uchayotgan samolyot Gretsiya havo hududiga kirgandan 20 daqiqa o‘tib, radarlardan g‘oyib bo‘ldi. MS804 reysi bortida 56 nafar yo‘lovchi (ulardan uch nafari bola) va o‘n nafar ekipaj a'zosi bor edi.
Misr fuqarolik aviatsiyasi vazirligi EgyptAir kompaniyasining A320 samolyoti halokatga uchraganini rasman tasdiqlagan.