Sport | 21:29 / 19.05.2016
4614
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ligasidagi g‘alaba orqali «Sevilya» kamida 21,5 mln yevro ishlab oladi

«Sevilya» jamoasining Yevropa Ligasida g‘olib bo‘lishi jamoa g‘aznasini kamida 21,5 million yevroga to‘ldiradi. Finaldagi g‘alaba uchun «Sevilya» 6,5 mln yevro ishlagan. Turnir g‘olibi sifatida hali jamoa YeChLning bo‘lg‘usi g‘olibiga qarshi UYeFA Superkubogi uchun finalda ishtirok etadi. Bu uchrashuvdagi ishtirok uchun jamoaga 3 mln yevro beriladi.

Keyingi mavsumda «Sevilya» YeChLda ishtirok etadi. Bu turnirning guruh bosqichidagi 6ta uchrashuv uchun jamoa kamida 12 mln yevro ishlashi mumkin. Shu tariqa, ispan jamoasi bu mavsumdagi chempionlik tufayli jami 21,5 mln yevroni kafolatlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish