O‘zbekiston | 16:57 / 19.05.2016
4070
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy TIV rahbari O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Xitoy Xalq Respublikasining tashqi ishlar vaziri Van I 22 may kuni rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

Muntazam O‘zbekiston-Xitoy muloqoti doirasida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Islom Karimov bilan uchrashuv hamda Tashqi ishlar vazirligida muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Xitoy TIV rahbari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ham ishtirok etadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish