06:15 / 19.05.2016
5533

Qirolicha Yelizaveta II birinchi marta britan parlamentidagi liftdan foydalandi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II birinchi marta mamlakat parlamentining yuqori qavatiga chiqish uchun liftdan foydalandi. Qirolicha bu yerga tantanali nutq so‘zlagani kelgan, deb xabar bermoqda The Telegraph nashri.

Ta'kidlanishicha, avvallari 90 yoshli qirolicha o‘zining turmush o‘rtog‘i – 94 yoshli Edinburg gersogi Filipp bilan parlamentdagi 26 ta zinapoyadan ko‘tarilib chiqardilar. Bunda zina bo‘ylab askarlar saf tortishib turishardi. Biroq keksa juftlik 18 mayda qirolichaning tashrifi uchun maxsus o‘rnatilgan liftdan foydalanishdi.

Kirolicha tantanali nutqida Buyuk Britaniyadagi yangi islohotlar haqida ham so‘zlab o‘tdi.

Top