15:35 / 19.05.2016
3562

Menni Pakyao Filippin senatori bo‘ldi

Sakkizta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao Filippin Senati a'zosiga saylandi. Bu haqda Associated Press xabar qildi. 

37 yoshli sportchi 15,5 milliondan ortiq ovoz to‘pladi va Senatdan joy olishga muvaffaq bo‘lgan 12 kishining  ichida 7-o‘rinni egalladi. 

Pakyao 12 yoshidan buyon boks bilan shug‘ullanadi. Uning bokschilik faoliyati esa 21 yildan buyon davom etib kelmoqda. Shu vaqt davomida u 66ta jang o‘tkazgan, 58tasida g‘alabaga erishgan (38tasi nokaut bilan), 6 bor mag‘lubitga uchragan va 2ta jangni durang bilan yakunlagan. 

Birinchi marta jahon chempioni maqomini u 18 yil avval, 50,8 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagilar toifasida qo‘lga kiritgan, keyin yanada og‘irroq vazn toifalarida eng kuchli unvoniga erishgan. Faoliyati davomida bokschi 500 million dollar daromad qilgan. 

Amerikalik Floyd Meyuezer bilan o‘tgan yilning may oyida bo‘lib o‘tgan jang filippinlik karerasining cho‘qqisi bo‘lgan – o‘shanda u 100 million dollardan ortiq foyda ko‘rgan. O‘sha jangda u ochkolar bo‘yicha mag‘lub bo‘ladi, keyinroq esa jarohatlangan yelkasi bilan jang qilganini e'lon qilgan. Shundan keyin jarrohlik amaliyotini boshidan kechirdi, uzoq davolandi va ringga chiqmadi.

Amerikalik Timoti Bredli bilan bo‘lgan 9 aprel kungi jangda ochkolar bo‘yicha g‘olib bo‘lgach, Pakyao may oyida bokschilik faoliyatiga yakun yasashi mumkinligini e'lon qildi.

Top