Jahon | 23:02 / 19.05.2016
5817
2 daqiqa o‘qiladi

NATO o‘z ramzini yangi joyga ko‘chirmoqda

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg yaqin orada tashkilotning "Shamollar atirguli" ramzi NATOning yangi binosiga ko‘chirib o‘tkazilishini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda " Gazeta.ru" nashri muxbiri.   

"Shamollar atirguli" 1952 yildan beri alyansning ramzi hisoblanadi. Yodgorlikning ochilishida NATOning birinchi bosh kotibi Gastings Layonel Ismey uning vazifasini shunday tushuntirgan: "Bu to‘rt qirrali yulduz bizni yo‘limiz bo‘ylab yo‘naltirib, tinchlikka olib boradi". 

NATOning yangi bosh qarorgohi yarim aylana shaklidagi zamonaviy arxitekturaviy majmuadan iborat bo‘lib, avvalgi bosh qarorgohdan bir ko‘cha keyinda qurilmoqda. Tashkilot rahbariyati NATOning Parijdan Bryusselga ko‘chib o‘tishidan keyin, ya'ni 1967 yildan beri sobiq gospital binosida joylashgan.

"Shamollar atirguli" ayni vaqtda NATOning eski majmuasiga kiraverishda joylashgan, yodgorlik atrofida alyansga a'zo davlatlarning bayroqlari o‘rnatilgan.