Jahon | 08:53 / 19.05.2016
3248
2 daqiqa o‘qiladi

Obama Ukrainaga yangi elchi tayinlashda bir to‘xtamga keldi

AQSh Oq uyi diplomat Meri Yovanovichning nomzodi AQShning Kiyevdagi elchisi lavozimiga taklif qilinganini ma'lum qildi. Bu haqda Oq uyning bir qator amaldorlarning ma'muriy lavozimlarga nomzodlari taklif qilingani haqidagi matbuot bayonotida ma'lum qilindi.  

AQShning Ukrainadagi hozirgi elchisi Jyeffri Payyett Gretsiyaga o‘tkazilmoqda. Oq uy xodimlar boasidagi o‘zgarishlar haqida AQSh prezidenti Barak Obamaga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda. 

"Tajribali va g‘oyalarimizga sadoqatli shaxslar mamlakat uchun xizmat qilishga qaror qilishganini ma'lum qilishdan mamnunman. Men ular bilan ishlashni intizorlik bilan kutmoqdaman", deb aytdi Obama.

Avvalroq OAVga AQShning Ukrainadagi yangi elchisi ayol kishi bo‘lishi ma'lum bo‘lgandi.

Obama, shuningdek, AQShning Burundi, Laos, Filippin va Iroqdagi elchixonalariga yangi rahbarlarni tayinladi. 

Meri Yovanovich 1958 yilda Kanadada tug‘ilgan. U 3 yosh bo‘lganda oilasi AQShga ko‘chib o‘tgan. Yovanovich Kent School maktabi, Prinston universiteti va Pushkin institutini yakunlagan hamda Rossiya adabiyoti, madaniyati, tarixi, siyosati va iqtisodiyotini o‘rganish bilan bog‘liq fanlar majmuasi va tarix bo‘yicha bakalavr darajasini olgan. Yovanovich o‘zining diplomatik faoliyati davomida Somali, Buyuk Britaniya, Rossiya, Kanada, Ukraina, Qirg‘iziston va Armanistonda ishlagan.

Rus tilini a'lo darajada biladi, Ukrainadagi joriy vaziyatdan yaxshi xabardor va yaxshi nomga ega.

2012 yildan AQSh Davlat kotibining Yevropa va Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisining bosh o‘rinbosari sifatida ishlab keladi.